Nur-Sultondagi qahvaxonada portlash sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Jahon 18:42 / 21.11.2020 6572

Nur-Sultondagi taniqli kafelardan birida gaz balloni portlashi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Tengrinews.kz.

Xabarga ko‘ra, 21 noyabr kuni soat 12.25da qahvaxonaga moslashtirilgan kottejda gaz balloni portlashi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilarning ma'lumot berishicha, kottejda bir qiz va 15 dona gaz balloni bo‘lgan.

Portlash natijasida oshxonaning tom qismi o‘pirilib tushgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, vayronalar ostida qolgan qiz kasalxonada vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: