Namangandagi yangi tumanning boshqaruv tuzilmasi belgilandi

O‘zbekiston 08:31 / 21.11.2020 6092

Bir oy muddatda Davlatobod tumanini tashkil etish bilan bog‘liq zarur kompleks tashkiliy va texnik tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi, deb yozmoqda Norma.
 
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligiga Namangan viloyati hokimligi bilan birgalikda Davlatobod tumani mahalliy budjetining va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning prognoz parametrlarini belgilash topshirildi.
 
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumani hokimligi tegishli davlat organlari va tashkilotlari bo‘linmalari zarur bino-inshoot hamda moddiy-texnika vositalari bilan ta'minlanadi.
 
Namangan viloyati hokimligiga Davlatobod tumanini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek yuzaga keladigan ijtimoiy masalalar o‘z vaqtida hal etilishini ta'minlash topshirildi.
 
Davlat statistika qo‘mitasi statistik ko‘rsatkichlarni shakllantirish va yuritishda Davlatobod tumanining ma'muriy hududlarini inobatga olishi lozim.
 
Davlat xizmatlari agentligiga ikki oy muddatda Davlatobod tumaniga o‘tkazilgan ma'muriy hududda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning yuridik (pochta) manzilini o‘zgartirish topshirildi.
 
Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ikki oy muddatda Davlatobod tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tuzilmalarini tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish tavsiya etildi.
 
Adliya vazirligiga Moliya vazirligi bilan birgalikda Davlatobod tumanida qo‘shimcha shtat birliklarini ajratgan holda, Adliya boshqarmasi va FHDYo organini, shuningdek Davlat xizmatlari markazini tashkil etish bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.
 
Moliya vazirligi qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilguniga qadar Davlatobod tumani hokimligi hamda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalarining tuman bo‘linmalarini saqlash xarajatlarini moliyalashtirish choralarini ko‘rishi lozim.
 
Qarorga ilovalarda Davlatobod tumanidagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlarining soni, shuningdek yangi tuman hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi berilgan.
 
Hujjat 12.11.2020 yildan kuchga kirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: