Vaksina sinovi muvaffaqiyatli bo‘lgani haqidagi xabarlardan so‘ng oltin narxi tushib ketdi

Jahon 18:44 / 20.11.2020 13015

Oltin narxi avgustdagi rekorddan so‘ng 10 foizga pastladi. O‘shanda bir unsiya oltin ikki ming dollarga teng bo‘lgandi. Narx pastlashiga koronavirusga qarshi vaksinaning samaradorligi to‘g‘risidagi xabarlar sabab bo‘ldi, deb yozmoqda Financial Times.

 Qayd etilishicha, hozirda oltinning bir unsiyasi uchun 1865 dollar taklif qilinmoqda.

 Investorlar o‘z zaxiralarini kamaytirmoqda, tahlilchilar esa oltin narxi o‘sishi to‘xtadi degan fikrda. Macquarie investitsiya banki ekspertlari kelgusi yilda oltinning bir unsiyasi narxi 1550 dollarga tushishini kutishmoqda.

Nashrning yozishicha, investorlar boshqa qimmatbaho metallarga pul tikishmoqda. Masalan, kumush narxi qatorasiga ikkinchi oy oshdi, platina esa sentyabrdan buyon maksimum darajada qimmatladi.

Avvalroq AQShning Pfizer kompaniyasi Germaniyaning BioNTech kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqayotgan koronavirusga qarshi vaksinasi klinik tadqiqotlarning yakuniy bosqichida 95 foiz samaradorlik ko‘rsatganligi ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: