Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Superliganing bir necha nafar hakami korrupsiyada gumon qilinmoqda
O‘zbekiston milliy chempionatlarida faoliyat olib borayotgan bir necha nafar hakamlar korrupsiyaga gumonlanib, so‘roq qilinmoqda.

Foto: Tribuna.uz
Tribuna.uz sayti manbasiga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasi uchrashuvlarida faoliyat olib borayotgan bir qator bosh hakamlar Superliga o‘yinlari natijasiga atayin ta'sir ko‘rsatish, uchrashuv oldidan klub vakillari bilan aloqaga chiqib, o‘yinda jamoaga yordam berish masalasida kelishish, pora olish kabi qing‘ir ishlarga qo‘l urishda gumon qilinmoqda.
Vaziyatdan xabardor manbaning aytishicha, bir necha yildan buyon Superliga o‘yinlarini boshqarib kelayotgan va tamagirlikda gumon qilingan hakamlar va shaxslar so‘nggi ikki yil davomida huquq-tartibot idoralari tomonidan kuzatib kelingan. To‘plangan dalil va isbotlar asosida gumondorlar so‘roq qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, Professional futbol ligasi tomonidan o‘tkaziladigan milliy chempionat va kubok o‘yinlariga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi qoshidagi Hakamlar departamenti tomonidan hakam va nazoratchilar tayinlanadi.
Tekshiruvlar yakuniga yetgach, bu haqda to‘liq rasmiy ma'lumotlar berilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
-
Xitoyda odamsimon robot ilk bor universitetga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:25 / 01.08.2025
Mavzuga oid

22:53 / 31.07.2025
Ukrainada korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga mustaqillik qaytarildi

17:35 / 31.07.2025
Litva bosh vaziri korrupsiya mojarosi tufayli iste’foga chiqdi

10:59 / 31.07.2025
Kiyevda yana aksiya: talablar o‘zgarmadi, yangi shiorlar

16:32 / 30.07.2025