Putin Rossiyaning Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatga aralashishi sababini aytdi

Jahon 21:28 / 20.11.2020 15991

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatning Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatga aralashishi sababini aytdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ichki xavfsizlik va iqtisodiyot nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.

«Biz, Rossiya uchun bunday nizolar va ularni hal etish muhim hisoblanadi, Rossiyada millionlab arman va ozarboyjonlar yashashini nazarda tutadigan bo‘lsak, bu shunchaki so‘zlar emas», — dedi u.

 Putinning qayd etishicha, Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat umuman olganda barqarorlashgan. U shuningdek, hududdagi vaziyat mustahkam va uzoq muddat davomida barqaror bo‘lishiga umid bildirdi.

 9 noyabrda Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida qo‘shma bayonot qabul qildi. Hujjatga ko‘ra, nizolashayotgan tomonlar egallab turgan pozitsiyalarida qoladi, 1 dekabrga qadar Ag‘dam, Qazax, Kelbajar va Lochin rayonlari Ozarboyjon nazoratiga o‘tadi.

Mintaqadagi vaziyatni rossiyalik tinchpikparvarlar nazorat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: