Johnson & Johnson koronavirusga qarshi vaksinasi narxini ma'lum qildi

Jahon 19:28 / 20.11.2020 16779

Amerikaning Johnson & Johnson kompaniyasiga tegishli Janssen farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqaradigan koronavirusga qarshi vaksina narxi 10 dollardan oshmaydi. Bu haqda EFE agentligi xabar bermoqda.

Kompaniya vaksinani olti oy ichida sotuvga chiqarishni mo‘ljallamoqda.

"Biz vaksinani hamma joyda sotib olish mumkin bo‘lishini kafolatlashga harakat qilamiz, uning narxi 10 dollardan oshmaydi", - dedi Johnson & Johnson ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Hoakin Duato.

Johnson & Johnson 2021 yil oxirigacha bir milliard dozadan ortiq vaksina ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

OAVning yozishicha, Yevroittifoq Pfizer-BioNTech va CureVac kompaniyalarining 300 million dozadan ortiq vaksinasi uchun 10 milliard dollarga yaqin pul sarflaydi.

Ko‘proq yangiliklar: