Braziliyada 51 yil umrini shifoxonada o‘tkazgan erkak vafot etdi

Jahon 00:06 / 20.11.2020 11548

Erkak 1967 yilda tug‘ilgan. U tug‘ruq vaqtida onasidan ayrilgan. Machadu 2 yoshida asab tizimini jarohatlovchi poliomiyelit asoratlari sababli shifoxonaga tushgan va o‘limigacha qadar u yerda umr kechirgan

Machadu falajlanib qolganiga qaramay, o‘yinlar va multfilmlarga qiziqqan, ijtimoiy tarmoqlarda sahifalar yuritgan va shifoxonadagi o‘rta maktabni tamomlashga muvaffaq bo‘lgan. Bundan tashqari, u nogiron bola va uning do‘stlari haqida 3D-animatsiya yaratgan.

Erkakning vafotiga nima sabab bo‘lgani ma'lum qilinmagan.

Ko‘proq yangiliklar: