Tergov departamenti Sergeli tumanida sodir bo‘lgan pichoqbozlik holati bo‘yicha ma'lumot berdi

O‘zbekiston 12:22 / 19.11.2020 7399

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, Alisher M. o‘zini haqorat qilganligi sababli kelib chiqqan janjal oqibatida oldida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan Ag‘zam Y.ga hamda ularni ajratib, bezorilik harakatlarining oldini olmoqchi bo‘lgan 24 yoshli Shahnoza M.ning tanasini turli joylariga bir necha marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda, Ag‘zam Y. va Shahnoza M. tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga murojaat qilishgan.

Ko‘zdan kechirish jarayonida hodisa joyidan oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.
 
Mazkur holat yuzasidan Sergeli tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Alisher M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida Alisher M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: