Hududiy statistika organlari mahalliy hokimliklardan mustaqil bo‘lishi belgilab qo‘yilmoqda

O‘zbekiston 15:15 / 19.11.2020 2834

Parlament saytida yozilishicha, qonun loyihasi prezidentning 2019 yil 9 apreldagi “Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, milliy statistika tizimi, rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar, ma'muriy ma'lumotlarni yetkazib beruvchilar, respondent va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga soladi.

Loyiha bilan rasmiy statistika ma'lumotlarining ma'muriy ma'lumotlardan farqi, rasmiy statistikani ishlab chiqaruvchilar toifalari va ularning professional mustaqilligi hamda Davlat statistika qo‘mitasi asosiy ishlab chiqaruvchi va mamlakatdagi rasmiy statistika tizimining muvofiqlashtiruvchi organi sifatida belgilanmoqda.

Shuningdek, statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, jumladan rasmiy statistika hisobotlarini yig‘ish va kuzatuvlarni o‘tkazish hamda ularning natijalarini nashr qilish va e'lon qilish jarayonlariga hech kim aralashmasligi, shuningdek, hududiy davlat statistika organlari mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil bo‘lishi va bevosita Davlat statistika qo‘mitasiga bo‘ysunishi belgilab qo‘yilmoqda.

Deputatlarining fikricha, qonun loyihasining qabul qilinishi milliy statistika tizimidagi barcha sub'yektlar faoliyatining huquqiy asosini yaratadi hamda xalqaro miqyosda rasmiy statistikaning tan olinishiga institutsional zamin yaratadi.

Ko‘proq yangiliklar: