Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi rahbari o‘zgardi

O‘zbekiston 16:10 / 19.11.2020 21660

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, farmoyishga asosan bojxona xizmati podpolkovnigi Bahodir Qutlimurodov Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar Bahodir Qutlimurodov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimida xizmat olib borgan.

B. Qutlimurodov 1983 yil 4 aprelda Xorazm viloyati Urganch tumanida tug‘ilgan. 2005-2015 yillarda Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi tarkibiy tuzilmalarida xizmat qilgan. 2015-2017 yillarda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2017-2020 yillarda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 

Ayni paytga qadar Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Doniyor Salimov esa Bojxona institutining moliya-iqtisod va xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ko‘proq yangiliklar: