O‘zbekiston banan importini qisqartirdi
O‘zbekiston 2020 yilning dastlabki 9 oyida xorijdan qiymati 15,3 mln. AQSh dollariga teng 23,1 ming tonna banan sotib olgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 1,6 ming tonnaga yoki 3,5 mln. AQSh dollariga kam.
Joriy yilda O‘zbekistonga banan asosan Ekvador davlatidan (14,8 mln. AQSh dollari) olib kirilgan.
O‘tgan 9 oy mobaynida O‘zbekistonga banan eksport qilgan davlatlar:
- Ekvador – 14,8 mln. dollar;
- Rossiya Federatsiyasi – 109,7 ming dollar;
- Qozog‘iston – 103,1 ming dollar;
- Qirg‘iziston – 96,5 ming dollar;
- Xitoy – 91,4 ming dollar;
- Meksika – 45,2 ming dollar.
Ma'lumot o‘rnida, joriy yilda banan importi asosan Toshkent shahri (11,1 ming tonna), Farg‘ona (6,0 ming tonna) hamda Toshkent (3,1 ming tonna) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid

15:09
O‘zbekistonga gibrid yengil avtomobillar importi 21 barobarga qisqardi

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

09:20 / 08.02.2025
Yuk mashinalari importiga imtiyozlar 2028 yilgacha uzaytiriladi

09:10 / 07.02.2025