2021 yilda O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida salbiy saldo saqlanib qoladi

Iqtisodiyot 17:22 / 18.11.2020 2518

Hisob palatasi tomonidan «2021 yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi va 2021 yil uchun budjetnoma bo‘yicha xulosasi e'lon qilindi. Unga ko‘ra, mamlakat eksport va import o‘rtasidagi salbiy saldo hajmi 3,5 milliard dollardan oshadi.

Hisob palatasi hisobotida ta'kidlanishicha, joriy yil yakuni bo‘yicha saldo 3,2 milliard manfiy natijani qayd etishi kutilmoqda. Xususan, 2020 yilda O‘zbekiston eksport hajmi 17 milliard 679,2 million dollar, importi esa 20,8 milliard dollarga teng bo‘lishi kutilyapti. 2021 yilda kutilayotgan tashqi savdo aylanmasi 41 milliard 850,6 million dollar bo‘lib, joriy yil yakuni bo‘yicha kutilayotgan raqamdan 8,5 foizga o‘sish farq qiladi.

Shunga qaramay, eksport va importning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2020 yilda mos ravishda 30,2 va 35,7 foizni tashkil etishi kutilayotgan bo‘lsa, kelgusi yili ham ushbu ko‘rsatkichda sezilarli o‘zgarish bo‘lmaydi. Bu YaIMning ham real o‘sishi 5,1 foiz prognoz qilinishi bilan izohlanadi.

Davlat statqo‘m ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yili mamlakat eksport hajmi 17 milliard 458,7 million dollar bo‘lib, shu import hajmi 24 milliard 292 million dollardan oshgan. Eksport va import o‘rtasidagi salbiy tafovut 6,8 milliard  dollarni tashkil etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: