Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Budjet mablag‘lari eng ko‘p qaysi viloyatda asossiz sarflangani ma'lum bo‘ldi
Ayrim mahaliy hokimliklar davlat va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan qimmatbaho avtomashinalar xarid qilayotgani, budjet mablag‘laridan asossiz foydalanayotgani haqida xabarlar jiddiy e'tirozlarga sabab bo‘layotgani bor gap.

Foto: Reuters
Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan muhokama qilinayotgan 2020 yil 9 oylik yakunlari bo‘yicha Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotda ham budjet intizomining buzilishi holatlari qayd etilgan.
Kun.uz muxbiri aniqlagan ma'lumotga ko‘ra, bu borada Qashqadaryo va Andijon viloyatlari «yetakchilik qilmoqda». Quyidagi ro‘yxatda qaysi viloyatda qancha budjet mablag‘lari asossiz ishlatilgani keltirilgan.
- Qashqadaryoda – 14,1 milliard so‘m;
- Andijonda – 12,8 milliard so‘m;
- Farg‘onada – 11,1 milliard so‘m;
- Surxondaryoda – 10,6 milliard so‘m;
- Namanganda – 9,9 milliard so‘m;
- Jizzaxda – 9,8 milliard so‘m;
- Samarqandda – 9,2 milliard so‘m;
- Toshkent viloyatida – 6,5 milliard so‘m;
- Xorazmda – 4,2 milliard so‘m;
- Toshkent shahrida – 9,8 milliard so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6,1 milliard so‘m.
Jumladan, Andijon viloyati Jalaquduq tuman Xalq ta'limi bo‘limiga qarashli umumta'lim maktablarida malaka toifasiga ega bo‘lmagan, malaka toifasi sertifikati muddati tugagan yoki sun'iy ravishda o‘zgartirilgan o‘qituvchilarga ortiqcha 422,8 million so‘m sarflangan.
Buxoro viloyatida sog‘likni saqlash tizimidagi 12 ta tibbiyot muassasalarida tez tibbiy yordam xodimlariga budjetdan va homiylar hisobidan berilgan bir martalik moddiy yordam pullarining hisoblab to‘lanishida xodimlarning ishlayotgan o‘rin birliklariga nisbatan moddiy yordam pullarining noto‘g‘ri hisoblab to‘lanishi oqibatida jami 1 milliard 108,4 million so‘m budjet mablag‘i asossiz sarflangan.
Jizzax viloyati G‘allaorol tuman halq ta'lim bo‘limida 2020 yil yanvar-aprel oylarida lavozim maoshlariga 472,3 million so‘m mukofot va moddiy yordam pullari asossiz qo‘shib to‘langan.
Oldinroq 2020 yilning ortda qolgan 9 oyida 129 milliard so‘mlik budjet mablag‘larining asossiz sarflanishi holatlari haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

19:54 / 14.07.2025
5 daqiqalik budjet odatlari: oila bilan pulni boshqarishni o‘rganamiz

16:01 / 25.06.2025
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar beriladi

08:40 / 30.05.2025
Yirik soliq to‘lovchilardan davlat budjetiga tushumlar miqdori aytildi

20:08 / 22.05.2025