XOQ Olimpiada ishtirokchilarining koronavirusga qarshi emlanishini qo‘llab-quvvatlamoqda 

Sport 21:43 / 16.11.2020 1332

“Yapon xalqini himoya qilish va unga hurmat yuzasidan, XOQ Olimpiya o‘yinlarining iloji boricha ko‘proq ishtirokchisi va tomoshabinlar, agar u vaqtgacha vaksina paydo bo‘lsa, Tokioga emlangan holda kelishlari uchun ko‘proq sa'y-harakatlar amalga oshiradi. Bu bizga tomoshabinlar Olimpiadada xavfsiz vaziyatda bo‘lishlari borasida ishonch hosil qilishimizga imkon beradi”, deb aytgan Bax.

XOQ prezidenti Tokio Olimpiadasi bekor qilingan mart oyidan beri birinchi marta Yaponiyaga tashrif buyurdi. Baxning ta'kidlashicha, XOQ Olimpiadada ishtirok etuvchi sportchilarni emlash bo‘yicha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. 

“Agar vaksina o‘sha vaqtga qadar tayyor bo‘lsa, XOQ bu xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Biz bu masala bo‘yicha milliy Olimpiya qo‘mitalari bilan hamkorlik qilamiz”, deb aytgan Bax.

Avvalroq XOQ rahbari pandemiya davom etayotganiga qaramay, Tokio Olimpiadasi belgilangan vaqtda o‘tishi kerakligini aytgan.

O‘z navbatida, Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga “insoniyat virusni yenga olgani isboti” sifatida O‘yinlarni o‘tkazish istagida ekanini aytgan.  

Tokio Olimpiadasi rejaga ko‘ra, 2020 yil 24 iyulidan 9 avgustigacha o‘tishi kerak edi. Biroq pandemiya sababli uni bir yilga qoldirishga qaror qilingan. Shu bilan birga, Olimpiadaning nomlanishi “Tokio-2020” saqlanib qoladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Tokioga 15 ming 400 olimpiyachi va paralimpiyachi kelishi kutilmoqda.      

Ko‘proq yangiliklar: