Erdo‘g‘an parlamentga Ozarboyjonga qo‘shin jo‘natish to‘g‘risidagi farmon loyihasini kiritdi
Hujjatda qayd etilishicha, "Ozarboyjonga harbiylarning yuborilishi Turkiya milliy manfaatlariga mos keladi".

Foto: Anadolu Agency
Turkiya parlamenti Ozarboyjonga turk harbiylarini jo‘natish masalasini ko‘rib chiqadi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an imzolagan tegishli farmon loyihasi mamlakat qonunchilik organiga taqdim etildi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
“Qo‘shma markaz joylashadigan yerni Ozarboyjon belgilaydi. Markazda harbiylar, zarurat tug‘ilganida esa fuqaro mutaxassislar faoliyat olib boradi”, – deyiladi farmon loyihasida.
Hujjatda qayd etilishicha, “Ozarboyjonga harbiylarning yuborilishi Turkiya milliy manfaatlariga mos keladi”.
9 noyabr kuni Ozarboyjon prezidenti Aliyev, Armaniston bosh vaziri Pashinyan va Rossiya prezidenti 2020 yilning 10 noyabridan Tog‘li Qorabog‘ hududida o‘t ochishni butunlay to‘xtatishni nazarda tutuvchi bayonotni imzolaganini e'lon qilgandi.
Shundan so‘ng 2 mingga yaqin Rossiya tinchlikparvar kuchlari hududga 5 yil muddatga kirib kelgani ma'lum qilindi.
11 noyabr kuni esa Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatishni nazorat qilish qo‘shma markazi bo‘yicha Rossiya-Turkiya bayonnomasi imzolanganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025