Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Ukrainaga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi
Shu bilan birga, Lukashenko Kiyev Belarus hukumatiga qarshi qanday sanksiyalar joriy etganini bilmasligini aytdi.

Foto: BelTA
Aleksandr Lukashenko Kiyevni Belarusdagi prezident saylovi bo‘yicha tutgan pozitsiyasi uchun tanqid qildi va Ukrainaga qarshi sanksiyalar kiritish bilan tahdid qildi.
“Prezidentingiz Zelenskiyning tebranishi – bu Yevroittifoq va Amerika uchun sharmandalarcha yaltoqlanish. Agar ular bizga qarshi sanksiya kiritishmaganida Volodya Zelenskiy ham shunday yo‘l tutgan bo‘lardi. Kiritishdi, ishora qilishdi va u ham ularning ortidan yugurdi. Bu nomunosib pozitsiya, bu kamida ukrain xalqining tahqirlanishi”, – dedi Lukashenko.
Shu bilan birga, u Kiyev Belarus hukumatiga qarshi qanday sanksiyalar joriy etganini bilmasligini aytdi. “Agar eslatsangiz, buning biz uchun qanchalik xavfli ekanligini aytishim mumkin”, – deb qo‘shib qo‘ydi u.
“Bizga qarshi sanksiyalar kirityapsizmi? Ko‘zingizni oching! Ukrainadan keladigan mahsulotlar uchun chegaralarimizni yopmaylik. Aks holda, nafaqat bozorimizga mahsulotlaringizni olib kira olmay qolasiz, balki Ukraina mahsulotlarini Belarusda qayta ishlay olmaysiz va Yevrosiyo bozoriga yetkazib berolmaysiz”, – dedi Lukashenko.
YeI 2 oktyabrda Belarus hukumatiga qarshi sanksiyalar joriy etgandi. Kiyev YeI sanksiyalariga qo‘shilishini bildirdi, ammo sanksiyalar joriy etgani haqida e'lon qilmadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 670 mingdan ortiq xonadonga aqlli suv hisoblagichlar bepul o‘rnatiladi
Iqtisodiyot | 17:48
-
3,7 mln so‘mdan 16,2 mln so‘mgacha – O‘zbekistondagi o‘rtacha oyliklar e’lon qilindi
Iqtisodiyot | 17:37
-
Zomindagi sirli o‘lim tafsilotlari
Jamiyat | 17:26
-
Saratovdagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi. Qurbonlar bor
Jahon | 16:19
Mavzuga oid

11:06
Kiyevda korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi uchun namoyishlar davom etmoqda

10:54
Zelenskiy korrupsiyaga qarshi idoralar mustaqilligi to‘g‘risidagi qonun loyihasini taqdim etdi

08:40
Kiyevda hakerlar forumi ma’muri qo‘lga olindi

22:53 / 24.07.2025