Qurilma yana 12ta boshqa sun'iy yo‘ldosh bilan birga Tayyuan kosmodromidan uchirilgan Long March 6 raketasi yordamida orbitaga chiqarilgan.
Tinyan 05 nomi bilan ma'lum bo‘lgan sun'iy yo‘ldosh Chengdu Guoxing Aerospace Science and Technology, Xitoy elektron fanlar va texnologiyalar universiteti hamda Beijing MinoSpace Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan.
70 kg keladigan sun'iy yo‘ldoshdan ko‘zlangan asosiy maqsad Yerni masofadan zondlashdan iborat. Texnologiya ma'lumotlarni uzatishning 5G tarmog‘i tezligidan bir necha marta yuqoriroq tezligiga erishish uchun yuqori chastotali teragers to‘lqinlari qo‘llanishini ko‘zda tutadi.
Teragers diapazondagi aloqa bir nechta ustunliklarga ega. Bu ustunliklarga ma'lumotlar uzatilishining yuqori tezliklari va aloqani tatbiq qilishning osonligini kiritish mumkin.