Volkswagen AQSh kompaniyasini 3,7 milliard dollarga sotib oladi

Fan-texnika 22:58 / 08.11.2020 4482

Traton ayni vaqtda AQSh kompaniyasining 16,7 foiz aksiyasiga ega. Endi u kompaniyaning qolgan 83,3 foiz aksiyasini 3,7 mlrd dollarga sotib olmoqda. AQSh kompaniyasining umumiy qiymati 4,4 mlrd dollarga baholanmoqda.    

Traton Navistar aksiyadorlariga har bir aksiya uchun 44,5 dollardan to‘laydi. Bitim 2021 yilning yarmigacha yakunlanishi kutilmoqda. 

Volkswagen xaridni amalga oshirish uchun Traton’ga 3,9 mlrd dollar kredit taqdim qiladi. Navistar’ning sotib olinishi Volkswagen’ga tegishli yuk mashinalari brendlari, jumladan Man va Scania’ni birlashtiruvchi Traton’ga AQShdagi biznesini kengaytirishiga imkon berishi kerak. Ayni vaqtda Traton savdolarining 2 foiz ulushi AQShga to‘g‘ri keladi. Navistar esa AQShdagi yuk mashinalar bozorining 15 foizini nazorat qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: