Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga oid qonun qabul qilinadi

Foto: Fotolia
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Qonun loyihasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish belgilangan.
Loyihada quyidagi ko‘chmas mulk obektlariga nisbatan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalari belgilangan:
yer uchastkalari;
- binolar, inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obektlar;
- ko‘p yillik dov-daraxtlar;
- mulkiy kompleks sifatidagi korxonalar;
- qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa ko‘chmas mulk turlari.
- Shuningdek, qonun loyihasida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan obektlar, shu jumladan bitimlar asosida vujudga keladigan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar sifatida quyidagilar ko‘rsatilgan:
mulk huquqi;
- yer uchastkasiga doimiy egalik qilish va undan foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
- yer uchastkasidan muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi;
- uzoq muddatga ijaraga olish (qayta ijaraga olish) huquqi;
- xo‘jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi;
- ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi.
- Loyihada davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi vakolatli organlar sifatida quyidagilar keltirilgan:
- Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi (maxsus vakolatli organ);
- O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari (ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ);
avtorizatsiyalangan vositachilar.
Ayni paytda ushbu sohadagi munosabatlar Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Toshkentda o‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan shaxs ushlandi
Jamiyat | 14:43 / 05.08.2025
Yana issiq - hafta o‘rtasidan havo harorati ko‘tariladi
O‘zbekiston | 22:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston AQShdan paxta import qilmoqchi
Iqtisodiyot | 17:11 / 04.08.2025
Putin 1994 yildayoq Ukraina sharqi va Qozog‘iston shimoli «doim Rossiya davlatining bir qismi bo‘lgani»ni aytgan
Jahon | 14:23 / 04.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Gematologik kasalliklarga chalinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish takomillashtiriladi
O‘zbekiston | 09:15
-
Xususiy tashkilotlarga G‘azoga gumanitar yordam yetkazishga ruxsat berildi
Jahon | 09:07
-
Geografik obektlarning klassifikatori ishlab chiqildi
O‘zbekiston | 08:55
-
YeI Tramp bilan kelishuvni «eng yaxshi variant» deb hisoblayapti
Jahon | 08:15
Mavzuga oid

07:47 / 18.07.2025
Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash boshlanadi

15:00 / 16.07.2025
Ayrim holatlarda xavfli pirotexnikadan foydalanishga ruxsat berilishi mumkin

09:49 / 02.07.2025
AQSh Senati Trampning «katta» qonun loyihasini ma’qulladi

12:07 / 21.06.2025