Turkiya Qorabog‘ masalasida Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi
Turkiya Tog‘li Qorabog‘ masalasida Ozarboyjonni qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan o‘tgan muzokaralarda aytib o‘tdi.

Foto: Reuters
“Men prezidentimizning topshirig‘i bilan keldim. U bu masalada qardosh Ozarboyjonni yolg‘iz qoldirmaslikni, Bokuga muntazam tashrif buyurib, birgalikda harakat qilishni buyurdi”, – deb aytgan Chovusho‘g‘lu.
Turkiya tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, uning ko‘plab hamkasblari hozirda Ozarboyjonda qolmoqda, boshqa rasmiy shaxslar, jumladan, Mudofaa vaziri Xulusi Akar respublikaga yaqin orada keladi.
Ozarboyjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘dagi jangovar to‘qnashuvlar 27 sentyabrdan beri davom etmoqda. Ikki tomon o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha uch marta kelishuvga erishilgan, biroq har gal ushbu kelishuvlar kuchga kirishi bilanoq buzilgan.
Mavzuga oid

13:48 / 10.03.2025
Istanbul shahridagi Bosh konsulxona Turkiyadagi o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

01:14 / 07.03.2025
Turkiya Gretsiya bilan chegarada birinchi marta devor quradi

19:18 / 06.03.2025
O‘jalanning chaqirig‘i: Bu Erdo‘g‘anning hokimiyatini uzaytiradimi?

16:59 / 06.03.2025