La Liga. «Barselona» «Alaves»ni yenga olmadi, jamoaning g‘alabasiz seriyasi 4ta o‘yinga yetdi 

Sport 03:08 / 01.11.2020 4154

Ispaniya chempionatining 8-turida «Barselona» safarda «Alaves» bilan durang qayd etdi. Rioxaning goliga kataloniyaliklardan Grizmann javob berdi.

Shu tariqa Ronald Kuman shogirdlarining Primera doirasidagi g‘alabasiz seriyasi 4ta o‘yinga yetdi.

Durangdan so‘ng ikkala jamoada ham ochkolar 8tani tashkil etdi. To‘plar nisbatiga ko‘ra «Barselona» 12-o‘rinni, «Alaves» esa 13-pog‘onani egallab turibdi.

La Liga, 8-tur
Alaves – Barselona 1:1

31 oktabr, «Mendisorrosa»
Gollar: Rioxa (31) – Grizmann (63).

Alaves – Pacheko, Ximo Navarro (Agirregabiria, 41), Laguardia, Duarte, Lejyen, Battalya, Mendes (Tavaresh, 58), Pina (Marin, 72), Xota, Rioxa (Garsiya, 72), Deyverson (Xoselu, 57). 

Barselona – Neto, Langle (Pedri, 46), Pike, Alba (Dest, 69), Serji Roberto, Buskets (Pyanich, 46), de Yong, Dembele (Trinkau, 46), Fati (Breytueyt, 78), Grizmann, Messi.

Ogohlantirishlar: Xota (15), Deyverson (22), Messi (39), Buskets (44), Langle (44), Duarte (87).

Chetlatish: Xota (62).

Ko‘proq yangiliklar: