Yangiyo‘lda jyengshengni qayta ishlaydigan qo‘shma korxona tashkil etiladi

O‘zbekiston 13:15 / 31.10.2020 1782

Loyiha doirasida yiliga 2 million AQSh dollari miqdoridagi 150 tonna mahsulot ishlab chiqariladi. Qo‘shma korxona faoliyati doirasida 20 ishchi o‘rin yaratiladi. Tayyor mahsulotlarning 50  foizi Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlariga eksport qilinadi.

Mazkur loyihani amalga oshirish maqsadida tuman xokimligi zaxirasida bo‘lgan 1066 m2 bo‘lgan bo‘sh bino 5 yil muddatga ijaraga berildi. Xabarda aytilishicha, loyihaning ikkinchi bosqichida jyengsheng dorivor o‘simligi Yangiyo‘l tumani dalalarida yetishtiriladi.

Qo‘shma korxona tomonidan, shuningdek, tumanda yana bir loyihaga qo‘l urish rejalashtirilmoqda. Qiymati 2 mln AQSh dollari bo‘lgan rejaga muvofiq, korxona kosmetik mahsulotlar va tibbiy niqoblar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yadi. Bu loyiha doirasida 30 nafar mahalliy aholi vakili ish bilan ta'minlanadi, yiliga 100 tonna kosmetik mahsulotlar hamda 5 mln.ta tibbiy niqob ishlab chiqariladi. Mahsulotning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Umuman, bir necha bosqichda amalga oshiriladigan va umumiy qiymati 26 mln dollarlik loyiha to‘liq amalga oshirilgach, 500 kishi doimiy ish bilan ta'minlanishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: