Tramp shifokorlarni koronavirus bo‘yicha raqamlarni oshirib ko‘rsatishda aybladi

Jahon 22:41 / 31.10.2020 2964

AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik shifokorlar ko‘proq pul ishlash uchun koronavirus bo‘yicha statistikani ataylab oshirib ko‘rsatishayotganini aytdi. U Michigan shtatida saylovchilar bilan uchrashuvi chog‘ida ana shunday fikr bildirdi, deb xabar bermoqda CNN.

"Bizning shifokorlar – juda aqlli. Xo‘sh, ular bunday qilishyapti. Kechirasiz, hamma COVID’dan o‘lyapti, deyishyapti... Bu esa 2 ming dollarga yaqin qo‘shimcha pul, shuning uchun ularning puli ko‘p", - degan Tramp.

Nashrning bildirishicha, 30 oktyabrda AQShda kunlik kasallikka chalinish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etilgan, 17ta shtatda esa rekord darajada ko‘p bemor shifoxonalarga yotqizilgan.

AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq qariyb 9 millionta holat qayd etilgan, 230 mingdan ortiq bemor vafot etgan.

Ko‘proq yangiliklar: