Slovakiyada aholini koronavirusga testdan o‘tkazish boshlandi

Jahon 21:29 / 31.10.2020 1565

Slovakiyada butun aholini koronavirusga testdan o‘tkazish boshlandi, deb xabar bermoqda Aktuality.

Slovaklar antigenga tezkor testdan o‘tkaziladi va test natijasi 15-30 daqiqa ichida ma'lum qilinadi. Bunday testlar natijasi tez chiqadi, ammo PZR testichalik ishonchli hisoblanmaydi.

Hukumat mamlakatning 10 yoshdan katta fuqarolarini koronavirusga tekshirmoqchi. Test natijasi musbat chiqqanlar 10 kunlik karantinda o‘tirishlari kerak bo‘ladi. Test topshirishdan bosh tortganlar ham uyida shuncha kun o‘tirishi lozim, ushbu qoidani buzganlarga jarima solinadi.

Test natijasi manfiy chiqqanlar esa dushanbadan boshlab joriy etiladigan komendantlik soatidan ozod etiladi.

Avvalroq mamlakatda aholining harakatlanishiga cheklov qo‘yilgandi. 

Slovakiya aholisi qariyb 5,5 mln kishini tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: