O‘zstandart: 8 holatda ko‘mir va briket sifati talabga javob bermadi

O‘zbekiston 13:28 / 31.10.2020 4745

«O‘zstandart» agentligi Axborot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, agentlik Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti bilan hamkorlikda ko‘mir mahsulotining sifati yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda. Dastlabki o‘rganishlar natijalariga ko‘ra, hududlardagi ijtimoiy soha tashkilotlari va “Ko‘mir ta'minot” MChJ bo‘linmalari hamda omborlaridan ko‘mir va briket mahsulotidan namunalar olingan.

Sinov-tekshiruv jarayonlarida aniqlanishicha, 8ta holatda ko‘mir va briket mahsuloti belgilangan standart talablariga javob bermasligi ma'lum bo‘lgan.

«Qolgan namunalar bo‘yicha sinov jarayoni davom etmoqda. «O‘zstandart» agentligi barcha korxona va muassasalarga xarid qilinayotgan ko‘mir mahsulotining sifatiga e'tiborli bo‘lishlarini tavsiya qiladi», - deyiladi xabarda.

Ko‘proq yangiliklar: