Barselonada COVID-cheklovlarga qarshi norozilik namoyishi tartibsizliklarga aylanib ketdi

Jahon 17:21 / 31.10.2020 1703

Barselonada koronavirusga qarshi kurashish doirasida kiritilgan cheklovlarga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida bir necha yuz kishining politsiya bilan to‘qnashuvi sodir bo‘ldi. Bu haqda El Pais gazetasi yozmoqda.

Xabar qilinishicha, tartibsizliklar bir guruh yoshlarning politsiya xodimlariga toshlar va petardalar uloqtirishidan so‘ng boshlangan. OAVda tarqalgan videolavhalarda shuningdek, tartibsizliklar qatnashchilari do‘kon oynalarini sindirib, uning ichidagi mahsulotlarni olib chiqib ketishayotgani aks etgan.

Politsiya 12 kishini qo‘lga olgan.

Barselona politsiyasi boshlig‘i Pere Ferrer tartibsizliklar ishtirokchilarini "ultrao‘ng guruhlarning o‘ta tajovuzkor va uyushgan a'zolari" deb atadi.

Tartibsizliklar shuningdek, Ispaniyaning boshqa shaharlarida ham yuz bergani aytilmoqda.

Foto: REUTERS /Nacho Doce
Foto: REUTERS /Nacho Doce
Foto: REUTERS /Nacho Doce
Foto: REUTERS /Nacho Doce
Ko‘proq yangiliklar: