Yevropada Rossiya va Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinalarni qo‘llash rad etildi

Jahon 23:13 / 30.10.2020 8378

Yevrokomissiya vakili Erik Mamerning ta'kidlashicha, bu holat Rossiya va Xitoyda ishlab chiqilgan vaksinalarning Yevropa bozoriga umuman qo‘yilmasligini anglatmaydi, biroq buning uchun ular sinchkov sertifikatlashdan o‘tishi kerak bo‘ladi.

“Biz vaksina yetkazilishi haqidagi kelishuvlarni vaksinani Yevropa ittifoqi hududida ishlab chiqaruvchi davlatlargina bilan imzolamoqdamiz va Rossiya hamda Xitoy bilan bu borada hattoki muzokaralar olib bormayapmiz. Bu boshqa vaksinalar bizning bozorga qo‘yilmasligini anglatmaydi, biroq buning uchun ular sinchkov sertifikatlashdan o‘tishi kerak. Ular hech qachon Yevropa ittifoqi emlash strategiyasining bir qismi bo‘lmaydi”, deb aytgan Mamer.  

Avvalroq Yevropa ittifoqiga vaksina yetkazilishi bo‘yicha AstraZeneca, Sanofi-GSK va Johnson & Johnson kabi kompaniyalar bilan shartnomalar tuzilgan.

Bu shartnomalar bo‘yicha Yevropa ittifoqiga umumiy hisobda 1,2 mlrd doza vaksina yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Eng yirik shartnoma AstraZeneca bilan tuzilgan bo‘lib, 400 mln doza vaksina yetkazilishini o‘z ichiga oluvchi ushbu shartnoma 27 avgustda kuchga kirgan va Yevrokomissiya u bo‘yicha 336 mln yevro to‘lab bergan.

Shunga qaramay, Yevropa ittifoqida vaksina taqchilligi yuzaga kelishi mumkinligi aytilmoqda, chunki vaksinalardan ba'zilari samarasiz bo‘lishi mumkin.   

Ko‘proq yangiliklar: