Dam olish kunlari havo haroratining ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekiston 13:48 / 30.10.2020 10379

So‘nggi kunlarda O‘zbekistonda Volgabo‘yi hududidan kirgan sovuq antitsiklon natijasida keskin sovuq tushdi. 

Bugundan boshlab mamlakat hududiga Eron tomondan issiq havo kira boshlaydi. Respublika bo‘yicha barcha joylarda ob-havo ochiq, kuchsiz shamol esadi. Kunning o‘rtasiga kelib harorat 15-18 darajagacha, janubiy hududlarda 23 darajagacha ko‘tariladi.

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, dam olish kunlari respublikaga Erondan issiq havoning kirishi davom etadi. Tungi sovuq faqat mamlakatning ayrim tog‘li va baland tog‘li hududlarida saqlanib turadi. 

Harorat kechasi 2-7 daraja atrofida, kunduzi 17-22 daraja bo‘lishi kutilmoqda, janubiy tumanlarda havo 25 darajagacha isiydi.

Ko‘proq yangiliklar: