Vetnamda ko‘chki oqibatida 46 kishi bedarak yo‘qoldi

Jahon 09:00 / 29.10.2020 4495

Mutaxassislarning baholashicha, to‘fon oxirgi 20 yil davomida mamlakatga yopirilgan eng kuchli to‘fon bo‘ldi va katta talafotlarga olib keldi. Minglab uylar tomi uchib ketgan, yuzlab daraxtlar qo‘porilgan. 375 mingga yaqin kishi xavfsiz joylarga evakuatsiya qilingan, yuzlab reyslar bekor qilingan, aeroportlar, maktablar va plyajlar vaqtinchalik yopilgan.  

To‘fon vaqtida shamol soniyasiga 90 metr tezlik bilan esgan.

Bedarak yo‘qolganlarni qidirish ishlari davom etmoqda. Vetnam bosh vaziri Nguyen Suan Fuk bunga qidiruv-qutqaruv ishlari va favqulodda vaziyatlarga javob berish milliy qo‘mitasi xodimlari jalb qilinganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: