Saudiya Arabistoni koinotni o‘zlashtirish uchun 2,1 milliard dollar ajratadi

Jahon 23:00 / 29.10.2020 2700

Saudiya Arabistonining 2018 yil oxirida tashkil etilgan Milliy koinot agentligi (SSC) hukumatga koinot dasturini rivojlantirish bo‘yicha rejasini taqdim qilgan. Ushbu reja joriy yilda keyinroq e'lon qilinadi.  

SSC rahbari va Saudiya Arabistonining birinchi fazogiri 64 yoshli shahzoda Sulton bin Salmon Ol Saud koinot sohasida ko‘plab imkoniyatlar borligini va Saudiya Arabistoni ulardan maksimal foydalanmoqchiligini ta'kidlab o‘tgan. Ta'kidlab o‘tish joiz, shahzodaning o‘zi fazoga 1985 yilda AQShning “Diskaveri” kemasida parvoz qilgan.

SSC rahbarining ta'kidlashicha, Saudiya Arabistoni koinot sohasida global o‘yinchiga aylanmoqchi va koinotning o‘zlashtirilishi saudiyaliklarning ko‘plab avlodlariga yangi istiqbollar tuhfa qiladi. Uning aytishicha, podshohlik AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston va BAA koinot agentliklari bilan bir qator kelishuvlar imzolashni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: