Respublikadagi shifoxonalar va ulardagi o‘rinlar soni to‘g‘risida ma'lumot berildi

O‘zbekiston 09:37 / 29.10.2020 10136

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, nodavlat shifoxonalar soni 575tani (jamiga nisbatan 47,7 foiz) tashkil etdi. 2018 yilga nisbatan shifoxonalar soni 40taga (o‘tgan yilga nisbatan 3,4 foiz) ko‘paygan.

Shifoxonalardagi o‘rinlar soni 153,4 mingtani tashkil etib, shundan nodavlat shifoxonalardagi o‘rinlar soni 18,7 mingtani (jamiga nisbatan 12,2 foiz) tashkil etadi.

Aholining shifoxona o‘rinlari bilan ta'minlanganligi bo‘yicha tahlillar shuni ko‘rsatdiki, har 10 000 aholiga nisbatan shifoxona o‘rinlari soni 45,2tani tashkil etdi.

Ko‘proq yangiliklar: