Jo Bayden AQSh prezidenti saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi

Jahon 08:22 / 29.10.2020 5501

AQSh prezidenti lavozimi uchun ikki nomzoddan biri bo‘lgan Jo Bayden prezident saylovlarida muddatdan oldin ovoz berdi. Avvalroq uning raqibi - AQSh prezidenti Donald Tramp ham ovoz bergandi.

77 yoshli Bayden o‘z rafiqasi Jill bilan birga 28 oktyabrda Uilmington shahridagi (Delaver shtati) saylov uchastkasiga ovoz berish uchun kelgan. U barcha gigiyenik ehtiyot choralariga amal qilib, himoya niqobida bo‘lgan. Saylov uchastkasi ichidan translatsiya olib borilmagan, biroq siyosatchi u yerdan chiqqach muxbirlarga o‘z fuqarolik burchini ado etib, ovoz berganini tasdiqlagan.  

AQShning amaldagi prezidenti yanada ertaroq, 24 oktyabrda Uest-Palm-Bichdagi (Florida shtati) saylov uchastkasida ovoz bergandi. Hozirga kelib 70 mlndan ko‘proq amerikalik saylovlarda muddatdan oldin ovoz berib bo‘ldi. Saylovlarning asosiy kuni 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.  

Ko‘proq yangiliklar: