Ispaniyada favqulodda holat 2021 yil mayigacha uzaytirildi

Jahon 23:55 / 29.10.2020 4078

Deputatlar hukumatning favqulodda holatni uzaytirish taklifini qo‘llab-quvvatlashgan va bosh vazir Pedro Sanchesga har 2 oyda vaziyat bo‘yicha hisobot berish majburiyatini yuklashgan.

Bundan tashqari, favqulodda holatni 2021 yil 9 mart kuni qayta ko‘rib chiqib, uni bekor qilish imkoniyati ko‘zda tutilgan.  

Ispaniyada favqulodda holat hukumat qarori bilan 25 oktyabrda dastlab 2 haftaga kiritilgandi. Shu bilan birga, uni parlament ma'qullovi bilan uzaytirish rejalashtirilgandi. 

Ushbu rejim qat'iy karantin cheklovlarini kiritish uchun qabul qilingan. Jumladan, u bilan soat 23dan soat 6gacha komendantlik soati, ijtimoiy aloqalarga cheklovlar kiritilishi hamda harakatlanish cheklanishi ko‘zda tutilgan.

Ispaniyada favqulodda holat rejimi ikkinchi marta kiritilmoqda. Birinchi marta u 14 mart kuni kiritilgan va o‘shanda hozirgidan qat'iyroq cheklovlar amal qilgan.  

Ispaniya Yevropaning kasallanish holatlari soni milliondan oshgan birinchi davlati bo‘ldi. Mamlakat bosh vazirining ta'kidlashicha, aslida kasallanish holatlari 3 marta ko‘proq bo‘lishi mumkin. 

Ko‘proq yangiliklar: