Eldor Shomurodov jarohat oldi

Sport 20:45 / 29.10.2020 17696

«TuttoSport»ning yozishicha, «Jyenoa» klubining o‘zbekistonlik 25 yoshli hujumchisi yengil jarohati sababli genuyaliklar safida kubok bahsida maydonga tushmagan. Qayd etilishicha, Shomurodov Italiya A Seriyasi 6-turi doirasidagi «Genuya derbisi» - «Jyenoa»ning «Sampdoriya»ga qarshi uchrashuvini ham o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, jamoa yarimhimoyachisi Davide Dzappakosta ham jarohati tufayli 1 noyabr, yakshanba kungi bahsda «Jyenoa»ga yordam bera olmaydi.

«Buoncalcioatutti» nashrining yozishicha, Shomurodov tiklanish jarayonida ham bo‘sh vaqtini zoye ketkizmayapti. Italiyaga kelganiga hali bir oy bo‘lmagan Eldor o‘qituvchi yollab, italyan tilini o‘rganishni boshlagan. 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov A Seriya so‘nggi turi doirasidagi «Jyenoa» - «Inter» (0:2) bahsida zaxiradan maydonga tushib, 25 daqiqa harakat qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: