Belarus Rossiyadan tashqari barcha qo‘shni davlatlar bilan chegaralarini yopdi

Jahon 21:50 / 29.10.2020 11292

Belarus Latviya, Litva, Ukraina va Polsha bilan quruqlikdagi chegaralari orqali mamlakat hududiga kirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda respublika chegara qo‘mitasining Telegram-kanalida xabar qilindi.

Shunday qilib, mamlakatning faqatgina Rossiya bilan chegaralari ochiq qoldirildi.

Qayd etilishicha, ushbu qaror «qo‘shni davlatlarda vujudga kelgan epidemiologik vaziyat sababli» qabul qilingan.

Qo‘shimcha qilinishicha, Minsk aeroportidagi o‘tkazish punkti cheklovlarsiz ishlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: