AQShning “Yuta Jaz” basketbol klubi 1,6 milliard dollarga sotiladi

Sport 00:15 / 29.10.2020 2374

ESPN telekanali manbasi Edrian Voynarovskining ma'lum qilishicha, “Yuta”ga 36 yildan beri egalik qilib kelayotgan Millerlar oilasi klubni Qualtrics kompaniyasi asoschisi Rayan Smitga sotishga kelishib olgan. Xarid qiymati 1,6 mlrd dollarni tashkil qiladi va klubga qo‘shib uning uy stadioni “ViVint Arena” ham beriladi.

Millerlar oilasi “Yuta”ni 1980 yillar o‘rtalarida sotib olgan. Klubning bo‘lg‘usi egasi Rayan Smit Yuta shtatida tug‘ilgan va uzoq yillardan beri klubga muxlislik qilib keladi. 

Endi bitimni Milliy basketbol uyushmasi boshqaruvchilari kengashi ma'qullashi kerak. Shundan keyin xarid rasman amalga oshadi.

Joriy mavsumda klub pley-off bosqichining birinchi raundidayoq “Denver Naggets”dan mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etgan.

Ko‘proq yangiliklar: