AQSh hukumati BAAga 50 dona F-35 qiruvchi samolyoti sotilishini qo‘llab-quvvatladi

Jahon 23:14 / 29.10.2020 4619

AQSh davlat departamenti kongressga Lockheed Martin kompaniyasining 50 dona F-35 qiruvchi samolyoti  Birlashgan Arab Amirliklariga sotilishini qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Agentlik manbalarining bergan ma'lumotlariga ko‘ra, shartnoma qiymati 10,4 mlrd dollarni tashkil etadi.

Avvalroq Isroil F-35 qiruvchilari yetkazib berilishiga qat'iy qarshi chiqqandi. 23 oktabr kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va Mudofaa vaziri Beni Gans Vashingtonning BAAga qiruvchi samolyotlar sotishiga e'tiroz bildirmaslikka qaror qilishdi.

 F-35 – yadro qurolini tashiy oladigan qiruvchi samolyot bo‘lib, uni yaratish loyihasida AQSh bilan birga sakkizta davlat ishtirok etgan.

Ko‘proq yangiliklar: