Abxaziyada qolib ketgan fuqarolarning ikkinchi guruhi O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekiston 11:43 / 29.10.2020 2451

Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, 9 oktabr kuni «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ maxsus poyezdida yordamga muhtoj (homilador ayollar, qariyalar, kasallar va bolali ayollar) 19 nafar fuqarodan iborat birinchi guruh vatanga qaytarilgan edi.

Bildirilishicha, ayni paytda O‘zbekiston diplomatlari ushbu chegaraoldi hududida bo‘lib, Abxaziyadagi vatandoshlar bilan bog‘liq vaziyatni nazorat qilmoqda.

Hozirgi vaqtda Rossiya tomoni bilan Rossiya Federatsiyasi hududi orqali Abxaziyada qolgan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelishni tashkil etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Shu munosabat bilan yaqin vaqt ichida Sochi shahridan navbatdagi charter reyslarni amalga oshirish kutilmoqda.

“Koronavirus infeksiyasi pandemiyasi paytida fuqarolarning bir joyda to‘planishi ularning virus bilan kasallanish ehtimolini keskin oshiradi. Bunday holat ayniqsa qariyalar, bemorlar, surunkali kasalligi bor fuqarolar uchun nihoyatda xavflidir.

Xorijiy mamlakatlar hududidagi vatandoshlarimizdan ommaviy to‘planmaslik, barcha karantin talablariga qat'iy rioya qilish hamda o‘zlari va yaqinlari salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini yana bir bor so‘raymiz”, - deyiladi TIV ma'lumotida.

Ko‘proq yangiliklar: