Mobiuz abonentlar uchun yangi qulay xizmatlarni taqdim etmoqda 

O‘zbekiston 16:30 / 28.10.2020 19554

Endi Silver raqamlari haqini qismlarga bo‘lib to‘lash, tarif rejasini o‘zgartirganda to‘plamlarni saqlab qolish va qo‘ng‘iroqlarni abonent raqamiga yo‘naltirishni taqiqlash mumkin. 

Mijozlar ehtiyojiga muvofiq yangi mahsulotlarni ishga tushirish va mavjud mahsulotlar va xizmatlarni takomillashtirish uyali aloqa operatorlari faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Shu kunlarda Mobiuz mutaxassislari bir qator xizmatlarning shartlariga o‘zgartirishlar kiritib, ularni yanada qulay va jozibador qildilar. 

Alohida toifadagi raqam haqini qismlarga bo‘lib to‘lash – bu Mobiuz’ning eng chiroyli raqamlarini 10 oylik muddatga bo‘lib to‘lash imkonini beruvchi xizmat. U orqali kerakli chiroyli raqamga tez fursatda ega bo‘lasiz, xarajatlarni esa oyma-oy to‘lash orqali ancha yengillashtirasiz. 

Avvallari xizmat Gold va undan yuqori toifadagi raqamlar uchun amal qilar edi. 19 oktyabrdan boshlab Mobiuz abonentlari Silver raqamlari haqini ham qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shunda dastlabki to‘lov 92 400 so‘mni, keyingi 9 oy davomida har oy to‘lanadigan haq ham 92 400 so‘mni tashkil qiladi. Abonentlar raqam haqini qolgan qismini istalgan vaqtda muddatidan oldin to‘lashlari mumkin. 

30 oktabr oqshomidan boshlab Mobiuz abonentlari uchun yana bir qulay yechim amal qila boshlaydi. Tarif rejasi o‘zgartirilganda avvalgi tarif bo‘yicha foydalanilmagan daqiqa, megabayt va SMS-xabarlar yangi tarifiga o‘tkaziladi (tungi to‘plamlar bundan mustasno). Qulayliklar Mobi 20, 30, 40, 50, 70, 90, 110, 150, Yorqin, ularning yillik variantlari, Gap Yo‘q, Gap Yo‘q Pro, Chilla Lite va Terminal tariflari uchun amal qiladi. 

Masalan, Mobi 50 tarifidan foydalanayotgan abonentda 1 000 MB, 200 daqiqa va 400 ta SMS xabar qolgan. U bir necha baravar ko‘proq megabayt olishni xohlab, Mobi 70’ga o‘tadi. Mobi 50 tarifi bo‘yicha qolgan limitlar Mobi 70 tarifi to‘plamlariga qo‘shiladi. Natijada o‘z tarifini o‘zgartirgan abonent faqat foyda ko‘radi! 

Mobiuz’ning yana bir yangi xizmati – bu qo‘ng‘iroqlarni abonent raqamiga yo‘naltirishni taqiqlash. Bu xizmatni yoqib olgan abonent kompaniyani boshqa abonentlari uning raqamiga ataylab yoki adashib qo‘ng‘iroqlarni yo‘naltirib qo‘yishlaridan himoyaga ega bo‘ladi. 27 oktyabrdan boshlab *111*004*1#USSD-buyrug‘i orqali xizmatni yoqib olish mumkin (oyiga atigi 1 000 so‘m). 

«Yangi va shartlari o‘zgartirilgan xizmatlar orqali Mobiuz abonentlarga g‘amxo‘rlik qilish tamoyiliga sodiqligini namoyish etmoqda. Shu bilan birga, biz oktabr oyi oxirigacha, shuningdek, noyabr va dekabr oylarida taqdim etiladigan yangi aksiyalar, mahsulotlar va xizmatlar ustida ish olib boryapmiz», - deydi Mobiuz kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rasmiy vakili Sardor Tojiyev. 

Kompaniyaning so‘nggi yangiliklari haqida ko‘proq ma'lumotlarni Mobiuz’ning Instagram akkauntidan olishingiz mumkin (instagram.com/mobiuz.uzbekistan).

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: