Microsoft’ning karantin vaqtida daromadi 30 foizga oshdi

Jahon 20:26 / 28.10.2020 1243

Kompaniya bunday ijobiy natijalarga asosan pandemiya sababli kiritilgan karantin cheklovlari evaziga erishgan. Karantin sababli odamlar ko‘proq uydan ishlashga va masofadan o‘qishga o‘tishgan hamda ko‘proq vaqt kompyuter o‘yinlari o‘ynay boshlashgan.     

Cheklovlar kompaniyaning bulutli xizmatlariga ko‘proq samarali bo‘lgan. Kompaniyaning Azure bulutli platformasi tushumi 2019 moliyaviy yil 1-choragiga nisbatan 48 foizga, butun bulutli xizmatlar bo‘linmalari tushumi esa 20 foizga oshgan. Ofis xodimlarining masofadan ishlashga o‘tkazilishi esa Office 365 dasturi savdosining 21 foizga ko‘payishiga olib kelgan.

Surface noutbuk va leptoplari savdosi hajmi 37 foizga o‘sgan. Shuningdek, karantin tufayli kompaniya ishlab chiqaruvchi Xbox o‘yin pristavkasi foydalanuvchilarida o‘yinlar uchun ko‘proq vaqt paydo bo‘lgan, bu esa kompaniyaning ushbu yo‘nalishdagi tushumining 30 foizga o‘sishiga olib kelgan.   

Ko‘proq yangiliklar: