Filadelfiyada afroamerikalikning o‘limidan so‘ng tartibsizliklar yuz berdi

Jahon 14:43 / 28.10.2020 4265

AQShning Filadelfiya shahrida afroamerikalik Uolter Uollesning o‘limidan so‘ng yuz bergan tartibsizliklar davomida mingga yaqin kishi do‘konlarni talab ketdi. Bu haqda shahar politsiya boshqarmasi xabar berdi.

"Mingga yaqin kishidan iborat olomon Aramingo-avenyu va Kastor-avenyu rayonlaridagi xususiy korxonalarni taladi", - deyiladi xabarda.

Politsiya tartibsizliklar yuz bergan hudud yaqinidagi yettita rayon aholisiga ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Fox News telekanalining xabar qilishicha, talonchilar Walmart, Burlington Coat, Target va Dollar General tarmoqlari do‘konlariga hujum uyushtirgan. Ular do‘konlardan talangan buyumlarni avtomobillari yukxonasiga joylab, ko‘zdan g‘oyib bo‘lgan.

26 oktabr kuni yonida pichog‘i bor deb gumon qilingan Uolter Uolles politsiyachilar tomonidan bir necha bor ogohlantirishlardan so‘ng otib o‘ldirilgandi. Shundan so‘ng Filadelfiyada boshlangan norozilik namoyishlari tartibsizliklarga aylanib ketgan.

Filadelfiya politsiyasi boshlig‘i Daniel Autloning ma'lum qilishicha, tunda sodir etilgan tartibsizliklar vaqtida 30 nafar politsiya xodimi jarohatlangan, 91 kishi qo‘lga olingan.

 

Ko‘proq yangiliklar: