AQSh Rossiyani tutib turish uchun Yevropada raketalarini joylashtirishi mumkinligi ma'lum qilindi

Jahon 23:04 / 28.10.2020 12111

AQSh zarurat tug‘ilsa Rossiyani «tutib turish» uchun Yevropada o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarini joylashtirishi mumkin, dedi AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen.  

 «Biz o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqdik, hipertovushli qurol, AQSh xavfsizligini ta'minlaydigan ballistik raketalarni yetkazish tizimini yaratmoqdamiz. «Biz ittifoqchilarimizni himoya qilyapmiz, Xitoyga qarshi turibmiz va zarurat tug‘ilsa Rossiyani tutib turish uchun Yevropada xuddi shunday qurollarni joylashtiramiz. Bu tinchlikka kuch bilan erishish», — dedi O'Brayyen.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Vashingtonga nafaqat ehtimoliy hujumlarni qaytarish, balki kelajakda qurollanish ustidan nazorat o‘rnatish g‘oyasini amalga oshirish imkonini beradi.

26 oktabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin agarda NATO mamlakatlari raketalar joylashtirishdan voz kechsa, Rossiya ham mamlakatning Yevropa qismida 9M729 raketalarini joylashtirmaslikka tayyorligini aytdi. AQSh aynan mana shu raketaning yaratilishi Amerikaning o‘rta va kichik masofaga mo‘ljallangan raketalarni yo‘q qilish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqishiga sabab bo‘lganini bildirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: