Seoul Mun: ko‘p qavatli, puxta loyihalangan avtoturargoh 550ta avtomobilga mo‘ljallangan

O‘zbekiston 08:28 / 27.10.2020 6106

Dream City Development kompaniyasi Seoul Mun savdo-ko‘ngilochar markazi hududida avtomobillar harakatini tashkil etish va avtoturargohlarning afzalliklari haqida hikoya qiladi. Markazni loyihalash va qurishda puxta o‘ylangan avtoturargohni tashkil etish eng muhim vazifalardan biridir. Mijozlarga qulaylik yaratish va e'tiborli bo‘lish ularning sadoqatli bo‘lishiga qaratilgan birinchi va eng muhim qadamdir.

Seoul Mun loyihasining konsepsiyasi bunyod etiladigan barcha avtoturargohlar imkoniyatlaridan oqilona foydalanish uchun maqbul yechimlarni taklif etadi. Seoul Mun'ning ikkala qirg‘og‘ida kirish va chiqish joylariga qulay bo‘lgan ko‘p qavatli avtoturargohlar quriladi. Shu tariqa sohilning har ikki tarafida transport va piyodalar harakati muntazamligini taqsimlash rejalashtirilgan.

Janubi-g‘arbiy qirg‘oqda markazga tashrif buyuruvchilar va mehmonlar uchun besh qavatli avtoturargohlar, katta shimoli-sharqiy qirg‘oq tomonda esa 6 qavatli avtoturargoh quriladi. Undan tashqari suvning huddi shu tomonida qo‘shimcha yer usti avtoturargohi xizmat ko‘rsatadi. Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazida avtoturargohlarning umumiy sig‘imi 550 dona avtomobilni tashkil qiladi. Avtoturargohning har bir qavati qulay va chiqishga oson holda loyihalanib, mijozlar o‘zi istagan qavatga qiyinchiliklarsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Liftlar va eskalatorlar tarmog‘i yo‘lovchilarning ommaviy qatnovini tartibli hamda tezkor tashkil qilinishini ta'minlaydi.

Bundan tashqari, tashrif buyuruvchilarning ko‘pligi yuk transporti harakatini cheklamaydi. Ular kirish va chiqishda tiqilinch muammosiga duch kelmaydi. Yuklarni tashishning logistik zanjirini bog‘lash uchun alohida kirish yo‘llari loyihalangan va yuklarni tushirish joylari qat'iy tartibga solingan. Bu Seoul Mun savdo va ko‘ngilochar markazi biznes egalariga qo‘shimcha qulayliklar yaratadi. Yuklar zamonaviy yuk tashish lift tizimlari yordamida yetkazib beriladi.

Har qanday maskanning muvaffaqiyat kafolati – bu mijozlar uchun samimiy g‘amxo‘rlik qilishdadir. Seoul Mun loyihasi turli xil biznes yo‘nalishlari tashkil qiluvchilar va ularning mijozlari uchun eng qulay sharoitlarni yaratishga intiladi. Seoul Mun – nafaqat poytaxt markazidagi biznes, balki har kuni o‘n minglab mijozlar, yuqori darajadagi ishonch va buning natijasida barqaror va kafolatlangan daromad. Dream City sotuv ofisida ko‘chmas mulk bo‘yicha mutaxassislar 270 dan ortiq takliflar orasidan sizga eng mos binolarni tanlashda yordam berishadi. Seoul Mun bilan biznesingiz cheksiz imkoniyatlarini kashf eting!

Yagona ma'lumot markazi: +99871 202-22-22

Sotuv ofisi dam olish kunlarisiz 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: www.seoulmun.uz

Telegram: www.t.me/dreamcityuz

Facebook: www.fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: