Oyning ko‘rinadigan tomonida suv izlari aniqlandi

Jahon 00:02 / 27.10.2020 7584

Oydagi suv izlari Germaniya va AQShning SOFIA stratosfera observatoriyasida o‘tkazilgan tadqiqot davomida aniqlandi

“Biz SOFIA teleskopidan olingan ma'lumotlar evaziga Oyning Quyoshga qaragan tomonida suv borligini birinchi marta tasdiqlay olamiz. Hozircha, biz bu suvni ishlata olishimizni bilmaymiz. Oyda suvni izlash Artemis dasturi (Oyga 2024 yilda fazogirlarni qo‘ndirish dasturi) doirasidagi tadqiqotlarimiz uchun muhim ahamiyatga egadir”, deb ma'lum qilgan agentlik rahbari Jim Braydenstayn.

Avval Oyda suv Quyosh tomonidan qizimaydigan qorong‘i tomonidagi kraterlarda bor bo‘lishi mumkin, deb hisoblangan. 

NASA Artemis (Artemida) dasturi doirasida 2024 yilda Oyga astronavtlarni chiqarmoqchi va muz ko‘rinishidagi suv zaxiralari bor bo‘lishi mumkin bo‘lgan janubiy qutbida tadqiqotlar o‘tkazmoqchi.

1970 yillarda sobiq ittifoqqa qarashli zond Oy sirtida birinchi marta suv izlarini qayd qilgan. 1990 yillarda esa NASA’ning Clementine zondi Oy qutblari yaqinida muz aniqlagan. 2018 yillarda NASA Oyda shubhasiz suv borligini, biroq uning zaxiralari o‘lchamlari oxirigacha o‘rganilmaganini ma'lum qilgan.

Ko‘proq yangiliklar: