Honda 2022 yildan Yevropada dizel avtomobillarini sotishni to‘xtatadi

Jahon 09:19 / 27.10.2020 2803

Electrek nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Honda dastlabki rejasiga ko‘ra, ichki yonuv dvigateliga ega avtomobillaridan 2025 yilga qadar voz kechmoqchi bo‘lgan, biroq hozirda o‘z strategiyasini qayta ko‘rib chiqib, buni 3 yil oldin amalga oshirishga qaror qildi

Honda Yevropada dizel motorlar ishlab chiqarishni 2022 yilgacha davom ettiradi. Biroq bunday dvigatelli avtomobillar savdosi Britaniyada yaqin haftalarda to‘xtatiladi. Keyinchalik kompaniya o‘z e'tiborini to‘liq elektromobillar va gibridlarga qaratadi. 

Hozirda Honda Yevropada 2ta gibrid model - CR-V va Jazz hamda to‘liq elektrlashtirilgan Honda e modelini ishlab chiqarmoqda. CR-V 2017 yilda taqdim etilgan ixcham krossover bo‘lib, uning kuch qurilmasi uchta rejimda – faqat elektr tortish kuchida, faqat ichki yonuv dvigatelida hamda ikki dvigatelning birgalikdagi rejimida ishlaydi. Jazz modeli 5 eshikli xetchbek bo‘lib,  2010 yilda taqdim etilgan hamda CR-V kabi imkoniyatlarga ega.

Honda e elektr xetchbek bo‘lib, 2019 yil sentyabrida Frankfurt avtosalonida taqdim etilgan va unga Germaniya, Angliya, Fransiya va Norvegiyada 40 mingdan ko‘proq buyurtma olingan. Honda e elektromobili Nissan Leaf i VW ID.3 elektr modellarining raqobatchisi hisoblanadi.

Ko‘proq yangiliklar: