AQShda saylovlar tufayli bo‘lishi mumkin bo‘lgan ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Jahon 11:57 / 27.10.2020 4290

«Bizning jamoamiz qanday harakatlanish kerak bo‘lsa, shunday qilishga tayyor» ,– deya Kuchinellining so‘zlarini keltirmoqda telekanal. Shuningdek, vazir o‘rinbosari aholi orasida tartibsizlik va zo‘ravonliklarning avj olishi haqida aniq razvedka ma'lumotlari yo‘qligini ta'kidladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, gap Bojxona va chegara nazoratining maxsus kuchlari, shuningdek, Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati haqida ketmoqda. Ushbu bo‘linmalar yoz oylarida AQShning turli shtatlaridagi ommaviy noroziliklar bo‘layotgan hududlarga yordam bergan, hozirda muntazam mashg‘ulotlar olib bormoqda hamda ularning tayyorgarlik darajasi oshirilgan, deyiladi xabarda.

Oktabr oyining boshlarida The Washington Post gazetasi ham o‘z manbalariga tayanib, AQSh Adliya vazirligi va FQB 3 noyabr kuni bo‘lishi mumkin bo‘lgan ommaviy tartibsizliklarga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma'lum qilgan edi.

O‘tgan hafta tashkil qilingan presskonferensiyada Nyu-York meri Billde Blazio megapolisda voqealar rivojining shunday ehtimoli haqida gapirgan edi. Shahar huquqni muhofaza qiluvchi organi boshlig‘i o‘rinbosari Terri Monaxan esa Nyu-York politsiyasi 26 oktyabrdan boshlab saylov hududlari va jamoat joylarida bo‘lishi mumkin bo‘lgan hodisalarni oldini olish uchun qo‘shimcha yuzlab xodimlarini safarbar qilganini aytgan.

AQSh prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Fox News telekanali jonli efiridan turib, agar u ikkinchi muddatga qayta saylansa amerikaliklarni ommaviy noroziliklar va zo‘ravonliklar qilmaslikka chaqirdi. Oq uy rahbari, shuningdek,mamlakatda qonun ustuvorligi va tartib-intizom ta'minlanishini aytdi.

Ko‘proq yangiliklar: