YeI bilan munosabatlar keskinlashishi ortidan turk lirasi kursi rekord darajada tushib ketdi

Jahon 17:08 / 26.10.2020 7510

Turkiyaning Yevroittifoq va AQSh bilan munosabatlari keskinlashishi ortidan turk lirasining AQSh dollariga nisbatan qiymati rekord darajada tushib, 1 dollar uchun 8 lirani tashkil etdi.

 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Fransiya prezidentiga nisbatan keskin bayonot berishi hamda YeIning bunga munosabati sababli dushanba kuni lira qadri 1 foizga pasaydi.

Fransiya o‘tgan haftada Erdo‘g‘anning mamlakat prezidenti Emmanyuel Makron to‘g‘risidagi so‘zlaridan so‘ng Turkiyadagi elchisini chaqirtirib oldi. Makronning musulmonlar sha'niga aytgan gaplaridan keyin Erdo‘g‘an Fransiya prezidenti "ruhan davolanishi" kerakligini aytgandi.

 Parij va YeI rahbariyati uning bu so‘zlarini qo‘pollik deb topdi hamda Erdo‘g‘andan Yevroittifoqqa nisbatan hurmatda bo‘lishga chaqirdi.

 Bundan tashqari, Erdo‘g‘an 25 oktabr kuni Turkiya Amerika sanksiyalari tahdidiga qaramasdan Rossiyadan sotib olingan S-400 zenit-raketa majmualaridan voz kechmasligini ta'kidladi.

Ko‘proq yangiliklar: