Yangi ChoshTepa turar joy majmuasi har bir oila qulayligi uchun qayg‘uradi

O‘zbekiston 08:28 / 26.10.2020 6494

Yangi ChoshTepa turar joy majmuasida kichik yoshdagi bolalarning kundalik o‘yinlari uchun ko‘ngilochar joylarga ega shinam yopiq hovli mavjud.

Odatda, har qanday turar joy majmuasi aholisining 70 foizidan ko‘prog‘i farzandlari bor oilalar bo‘ladi. Poytaxtimizning Sirg‘ali tumanidagi Yangi ChoshTepa zamonaviy turar joy majmuasi konsepsiyasida bolalarning sayr qilishlari va o‘yinlari uchun qulay va xavfsiz joy tashkil etish alohida o‘rin tutadi. Har kuni toza havoda sayr qilish bolalar kundalik hayotining ajralmas qismidir. Yangi ChoshTepa majmuasi buning uchun mulohazali yechimlarni taklif etadi.

Turar joy loyihasining asosiy ustuvor yo‘nalishi ekologik sharoitlarni yaratish edi. Majmua kanal bo‘yida joylashgan. Suvga yaqinligi yoqimli mikroiqlimni yaratadi va havoni namlantirishga yordam beradi. Majmua hududi katta qismini yashil maydonlar egallaydi. Yopiq hovlilar avtomobillardan xoli, avtoulovlar uchun qat'iy belgilangan maxsus avtoturargohlar mavjud. Har bir hovlida sayr yo‘lagi barpo qilingan. Bu yerda yosh onalar aravachadagi bolalari bilan sayr qilishlari mumkin.

Kattaroq yoshdagi bolalar uchun bu yerda jihozlangan o‘yin maydonchalari yaratilgan. Bu esa bolaning har tomonlama rivojlanishiga hissa qo‘shadi, bolalar o‘rtasida muloqot va o‘zaro munosabatlarni yaxshilaydi. Arg‘imchoq, sirg‘anchiq va boshqa vositalar ekologik toza materiallardan sifat va xavfsizlik standartlariga muvofiq tayyorlangan.

Kichkintoylar o‘yin maydonchasida o‘ynashsa, ularning ota-onalari ochiq havodagi o‘rindiqlarda dam olishlari mumkin.

Shuningdek, Bizning Uylar Development kompaniyasi xaridorlarga xonadonni imtiyozli shartlarda xarid qilish variantlaridan birini taklif etadi. Majmuada yil oxiriga qadar 500 dan ortiq uy-joyni foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu esa sizning yashashga to‘liq tayyor xonadonning egasi bo‘lishingizni anglatadi.

Yangi ChoshTepada sizni har bir kvadrat metrda g‘amxo‘rlik va qulaylik kutmoqda.

Manzil: Sirg‘ali tumani, Yangi Choshtepa MFY, Uzar ko‘chasi.

Sotuv ofisi soat 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Qo‘shimcha ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamlaridan olishingiz mumkin: +99871 2104444

Sayt: bizninguylar.uz

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: