Qirg‘iziston prezidenti lavozimiga nomzodlardan hujjatlar 7 dekabrgacha qabul qilinadi 

Jahon 10:23 / 26.10.2020 4912

Qirg‘izistonda muddatdan avval o‘tadigan prezident saylovlarida ishtirok etishni istovchilardan hujjatlar qabul qilinishi 7 dekabrgacha davom etadi. Saylovlar o‘tkazilishi 2021 yil 10 yanvariga belgilangan.

Qirg‘izistonda amaldagi qonunlarga ko‘ra, prezident vazifasini bajarayotgan bosh vazir Sadir Japarov prezident lavozimiga nomzodini qo‘ya olmaydi. Biroq mamlakat parlamenti yaqin orada Japarovga saylovlarda ishtirok etish imkonini beruvchi bir qator qonunlarni qabul qilmoqchi.

25 oktyabrda Japarov prezident saylovlari 10 yanvarda o‘tishini tasdiqlagan. U, shuningdek, parlamentga saylovlar 2020 yilning 20 dekabrida o‘tishi haqida tarqatilayotgan yolg‘on xabarlarga ishonmaslikni va Jo‘qorg‘u Keneshga saylovlar 2021 yilning birinchi yarmida o‘tkazilmasligini ta'kidlab o‘tgan.

Ko‘proq yangiliklar: