2021 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishga 17,1 trln so‘m ajratiladi

O‘zbekiston 08:10 / 26.10.2020 1710

2021 yilgi davlat budjetiga uni amalga oshirish uchun 17,1 trln so‘m, Prezident topshiriqlariga muvofiq hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun 1,5 trln so‘m kiritiladi. Dasturni shakllantirish va amalga oshirish doirasida soha vazirliklariga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.

Norma'ning yozishicha, 2021 yildan boshlab bunday dasturlar doirasida quyidagi tadbirlarni moliyalashtirish uchun alohida satrlarda mablag‘lar nazarda tutiladi:

a) EIZni, KSZni hamda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yirik ishlab chiqarish loyihalarini muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan ta'minlash;

b) tuman markazlari va shaharlarning me'moriy qiyofasini zamonaviylashtirish va obodonlashtirish. 2021 yilda buning uchun 1,4 trln so‘m ajratiladi.  Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va poytaxt hokimliklari ajratilgan mablag‘lar hisobidan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

tuman markazlari, shaharlar va yirik aholi punktlarida park zonalarini rivojlantirish, tashqi yoritish, sug‘orish va drenaj tizimlarini yaratish, shuningdek, piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish;

har bir tuman markazi va shaharda kamida bittadan markaziy ko‘chani zamonaviy shaharsozlik loyihalari asosida rejalashtirgan holda mukammal ta'mirlash.
 
Dasturning manzilli qismiga, birinchi navbatda, avvalgi yillardan o‘tuvchi va qurilish-montaj ishlari yakunlanmagan obektlar, shuningdek, moliyaviy resurslar bilan to‘liq ta'minlanmaganligi sababli tugatilmay qolgan obektlar kiritiladi. Shuningdek, ularni foydalanishga topshirish uchun zarur mablag‘lar nazarda tutiladi. Mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga mazkur tashkilotlarning budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan mablag‘lar ajratilishi munosabati bilan, ularga yo‘naltiriladigan markazlashgan investitsiya hajmlari mos ravishda qisqartiriladi. 2022 yildan boshlab esa budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturlariga kiritiladi.

Qurilish vazirligining hududiy boshqarmalariga quyidagilarni ishlab chiqish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalari o‘tkazildi:

  • shaharlar va shahar tipidagi posyolkalarining bosh rejalarini;
  • qishloqlar (ovullar) fuqarolar yig‘inlari hududlarini arxitektura-rejalashtirish jihatidan tashkil etish loyihalarini.

 Bundan tashqari, hajmli norma ijodkorligi ishlari rejalashtirilgan:

birinchidan, obektlarning loyihaoldi va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni qabul qilish tizimini hamda ushbu sohada davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma'muriy tartiblarini yanada takomillashtirish rejalashtirilmoqda. Xususan:

  • loyiha-smeta hujjatlarining sifati, ishonchliligi va asoslanganligi hamda me'moriy va texnik yechimlarning maqbulligi yuzasidan loyiha tashkilotlarining javobgarligini kuchaytirish, loyiha hujjatlarini ekspertizadan o‘tkazishda obektning tavsiyaviy qiymatini emas, cheklangan qiymatini aniq belgilash;
  • shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan va moliyaviy resurslar bilan ta'minlanmagan obektlarda qurish-montaj ishlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini kuchaytirish, shuningdek, tegishli vakolatlarga ega bo‘lmagan shaxslarning qurilish jarayoniga hamda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritilishiga aralashuvini qat'iyan taqiqlash. Zarur hollarda, ularni jinoiy javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi normalarni qonunchilikka kiritish;
  • 2022 yil 1 yanvardan boshlab qurilish-montaj ishlari yakunlanganligi to‘g‘risida qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalarining foydalanishga ruxsati olinmagan obektlarni joriy saqlash uchun Davlat budjetidan mablag‘lar ajratmaslik;
  • qurilish sohasida elektron davlat xaridlarini joriy qilish.

"Davlat investitsiyalarini boshqarishni baholash (PIMA)" tizimini joriy etishni yakunlash ko‘zlanmoqda. U dastlab sinov tariqasida ayrim tarmoqlarda qo‘llaniladi, tajriba natijalari asosida bosqichma-bosqich qolgan sohalarga joriy etiladi.

Hujjat 17.10.2020 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: